Выберите язык

 

15-mart – Butunjahon iste’molchilar huquqlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tashabbusi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar hamkorligida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda mamlakatimizda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish, adolatli va shaffof bozor muhitini shakllantirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Anjuman davomida Federatsiyaning o‘tgan yilgi faoliyati natijalari, iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash, sud orqali iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda ichki bozorda sotilayotgan tovar va xizmatlar sifati ustidan o‘tkazilgan jamoatchilik monitoringlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, aholining huquqiy savodxonligini oshirish, iste’molchilarning murojaatlarini tezkor ko‘rib chiqish va zamonaviy aloqa vositalari orqali fuqarolar bilan muloqotni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ta’kidlandi.

Matbuot anjumani davomida jurnalistlar tomonidan bir qator dolzarb ma

salalar yuzasidan savollar berildi. Jumladan, turli sohalardagi muammolar bo‘yicha iste’molchilar o‘rtasida so‘rovnomalar o‘tkazish tartibi, onlayn savdo bilan bog‘liq murojaatlar va ularni o‘rganish natijalari, jamoatchilik nazorati tadbirlarida iste’molchilarga ma’lumotlarning davlat tilida taqdim etilishi holatlari yuzasidan olib borilayotgan o‘rganishlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylarni qurib foydalanishga topshirish jarayonlarida uchrayotgan muammolar, xususan uy-joylarning belgilangan muddatlarda topshirilmasligi, kredit to‘lovlari kechiktirilgan taqdirda banklar tomonidan hisoblanayotgan penyalar masalasi, shuningdek avtomobillarni vaqtincha saqlash joylari (parkovka) bilan bog‘liq muammolar yuzasidan Federatsiyaning munosabati haqida ham savollar yangradi.

Bundan tashqari, Federatsiyaning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifa va kanallarini yanada rivojlantirish, call-markaz faoliyatini takomillashtirish hamda joriy yilning dastlabki ikki oyida Federatsiya tashabbusi bilan o‘tkazilgan jamoatchilik monitoringlari yuzasidan ham jurnalistlarga tegishli ma’lumotlar berildi.

Tadbir yakunida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kengaytirish va jamoatchilik bilan ochiq muloqotni davom ettirish muhim ekani ta’kidlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening