Bugungi kunda mamlakatimizda fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va uning hududiy tuzilmalari tomonidan fuqarolarning haqli e’tirozlarini bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ana shunday amaliy ishlardan biri Yangibozor tumanida amalga oshirildi. Tumandagi Bog‘olon MFYda yashovchi fuqaro E.G‘. o‘z murojaatida yashash xonadoni markazlashgan ichimlik suvi tarmog‘iga ulangan bo‘lsa-da, amalda xonadoniga ichimlik suvi yetkazib berilmayotganidan noroziligini bildirgan. Mazkur masalada o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish maqsadida Federatsiyaning 1091 Ishonch telefoniga murojaat qilgan.
Murojaat zudlik bilan Yangibozor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganib chiqildi. O‘rganish jarayonida mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda muammoni bartaraf etish yuzasidan tezkor choralar ko‘rildi.
Natijada fuqaroning xonadoniga ichimlik suvi uzluksiz yetkazib berilishi ta’minlanib, murojaat ijobiy hal etildi.
Ushbu holat iste’molchilar o‘z huquqlarini yaxshi bilishi, muammoga duch kelganda esa ishonchli idoralarga o‘z vaqtida murojaat qilishi ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlashda muhim o‘rin tutishini yana bir bor tasdiqlaydi.
Iste’molchilarning huquq va manfaatlari himoya qilinmoqda: Ichimlik suvi ta’minotidagi muammo ijobiy hal etildi
- Информация о материале
- Автор: Xorazm viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 17
























