Выберите язык

🏥 ISTE’MOLCHILIK SAVODXONLIGINI OSHIRISH — DAVR TALABI!
​Oqdaryo tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholining, xususan, turli soha vakillarining iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish borasidagi targ‘ibot tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.
​✨ Kuni kecha tuman jamiyati mutaxassislari tomonidan hududdagi "Sherzod Shifo" xususiy klinikasi xodimlari ishtirokida uchrashuv va muloqot tashkil etildi.
​Uchrashuv davomida tibbiyot muassasasi xodimlariga:
​📜 O‘zbekiston Respublikasining “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati;
​🛍 Savdo va xizmat ko‘rsatish sohalarida iste’molchilarning haq-huquqlari hamda majburiyatlari;
​🤝 Federatsiya a’zoligining afzalliklari, jamiyat hayotidagi o‘rni va a’zolikka qabul qilish tartib-tamoyillari batafsil tushuntirib o‘tildi.
​Muloqot yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar olishdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening