Выберите язык

Iste’molchining 160 ming so‘m asossiz qarzdorligi bekor qilinishiga erishildi
2026-yil 1-noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga Yonboshsoy MFY, Yonbosh qishlog‘ida yashovchi fuqaro H.N. tomonidan murojaat kelib tushdi.
Fuqaro o‘z murojaatida “Tozahudud” – “Anvarjon biznes” MChJ tomonidan uning hisobiga 368 000 so‘m miqdorida qarzdorlik asossiz hisoblanganidan norozilik bildirgan.
Mazkur murojaat Kattaqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi. O‘rganish davomida “Anvarjon biznes” MChJ mas’ul xodimlariga iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xizmat ko‘rsatishda qonunchilik talablariga rioya etish yuzasidan tushuntirishlar berildi.
Shundan so‘ng fuqaroning hisob bazasi qayta ko‘rib chiqilib, qayta hisob-kitob amalga oshirildi. Natijada fuqaroning haqiqiy qarzdorligi 208 000 so‘mni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.
Olib borilgan ishlar natijasida asossiz hisoblangan 160 000 so‘m qarzdorlikni bekor qilishga erishildi.
Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, uning 160 000 so‘m miqdoridagi mablag‘i asossiz qarzdorlikdan chiqarilishiga erishildi.
Kattaqo‘rg‘on tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan fuqarolarning iste’molchilik huquq va manfaatlarini himoya qilish, kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularning qonuniy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening