ISTE’MOLCHINING 3 MILLION SO‘MDAN ORTIQ BONUS MAHSULOTINI OLISHIGA ERISHILDI
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, unga 3 million 144 ming so‘mlik tilla buyum bonus sifatida taqdim etildi.
2026-yil 12-noyabr kuni O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining ishonch telefoniga Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqarodan murojaat kelib tushdi.
Murojaatda fuqaro muddatli to‘lov asosida savdo qiluvchi do‘kondan xarid amalga oshirgani, biroq unga va’da qilingan bonus mahsuloti berilmayotganidan norozilik bildirib, amaliy yordam so‘ragan.
Mazkur murojaat Federatsiyaning Namangan viloyati hududiy birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda o‘rganildi.
O‘rganish davomida savdo obyekti mas’ullariga iste’molchilar huquqlarini ta’minlash, xaridor oldidagi majburiyatlarni bajarish yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi.
Natijada iste’molchiga qiymati 3 144 000 so‘m bo‘lgan tilla buyum bonus sifatida topshirildi. Murojaatchi mahsulotni qabul qilib oldi va uning murojaatida ko‘tarilgan masala ijobiy yechim topdi.
Federatsiyaning Namangan viloyati hududiy birlashmasi iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda muammolariga amaliy yechim topish borasidagi faoliyatini davom ettirmoqda.
ISTE’MOLCHINING 3 MILLION SO‘MDAN ORTIQ BONUS MAHSULOTINI OLISHIGA ERISHILDI
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 112
























