Выберите язык

ISTE’MOLCHINING MUROJAATI IJOBIY HAL ETILDI
Xorazm viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari hududiy birlashmasiga fuqaro D. R tomonidan joriy yil 10-aprel kuni yozma murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Urganch shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari hamda Urganch shahrida faoliyat yuritayotgan “T.B” nomli savdo do‘koni mas’ullari ishtirokida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida aniqlanishicha, fuqaro tomonidan 2025-yil  “T. B” nomli savdo do‘konidan xarid qilingan narxi 15 000 000 (o'n besh million) so'mlik iPhone 16 Pro Max rusumli, 2 ta SIM-karta o‘rnatiladigan mobil telefon apparatining ikkinchi SIM-karta joyida nuqson mavjudligi aniqlangan. Mazkur nuqson inson omiliga bog‘liq emasligi tasdiqlandi.
Shu asosda, iste’molchining talabi inobatga olinib, savdo do‘koni tomonidan fuqaroning nosoz telefoni soz holatdagi shu rusumdagi yangi telefon apparatiga almashtirib berildi.
Natijada murojaat ijobiy hal etildi va iste’molchining qonuniy huquqlari tiklandi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar samaradorligini hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash yo‘lidagi amaliy choralar natijadorligini yana bir bor ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening