Выберите язык

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining telegram botiga  fuqaro tomonidan joriy yil aprel oyida mobil telefon bilan bog‘liq murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaat yuzasidan Xonqa tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan tegishli tartibda o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish jarayonida fuqaro tomonidan savdo do‘konidan xarid qilingan mobil telefon apparatida ishlab chiqarish bilan bog‘liq nuqson mavjudligi aniqlangan.
Aniqlangan holat yuzasidan iste’molchining talabi inobatga olinib, savdo do‘koni mas’ullari bilan olib borilgan muzokaralar natijasida fuqaroning nosoz mobil telefoniga servis xizmat ko'rsatildi va soz holatga keltirildi.  
Natijada murojaat ijobiy hal etildi hamda iste’molchining qonuniy huquqlari tiklandi.
Mazkur holat iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida olib borilayotgan ishlarning samaradorligini hamda fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan amaliy choralar izchil amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening