Joriy yilning 28-aprel kunida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasiga fuqaro F. T. tomonidan murojaat kelib tushdi. Murojaatda fuqaro F.T. tomonidan OOO "RRS RETIAL CITY" MCHJ korxonasidan farzandi uchun 3 500 000 qiymatidagi qo'l massaj apparatini xarid qilingan ammo mahsulot farzandiga to'g'ri kelmaganligi sababli korxonaga mahsulotni qaytarish yuzasidan ariza qoldirgan bo'lsada korxona tomonidan masalasi hal qilib berilmaganidan norozilik bildirilgan.
Mazkur murojaat Toshkent shahar hududiy birlashmasi tomonidan atroflicha o‘rganib chiqildi. O‘rganishlar davomida masala yuzasidan OOO “RRS RETAIL CITY” MChJ korxonasi vakillari hamda fuqaro bilan muammoni bartaraf etish maqsadida suhbatlar o'tkazildi. Tomonlarga holat yuzasidan amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tegishli tushuntirishlar berildi. Natijada fuqaroning talabi asosli deb topilib, mahsulot korxona tomonidan qaytarib olindi. Shuningdek, O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Toshkent shahar hududiy birlashmasining aralashuvi natijasida murojaat ijobiy hal etilib, iste'molchi F. T.ga 3 500 000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘i to‘liq qaytarib berildi.
Ushbu holat iste'molchilar huquqlarini himoya qilish, ularning qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda murojaatlarni o'z vaqtida va adolatli ko'rib chiqish muhim ahamiyat kasb etishini yana bir bor tasdiqlaydi. Fuqarolar o‘z huquqlari buzilgan deb hisoblagan hollarda Federatsiyaning 1091 qisqa raqamli ishonch telefoniga murojaat qilish orqali amaliy yordam olishlari mumkin.
























