Выберите язык

Iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlarning asosiy mezoni — fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş, ularning muammolariga befarq bölmaslik va har bir murojaat ortida turgan inson manfaatini himoya qilişdir.
Ana şunday murojaatlardan biri Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi Toşkent şahar hududiy birlaşmasiga kelib tuşdi. Mazkur murojaat Toşkent şahar Yaşnobod tuman jamiyati tomonidan atrofliça örganilib, iste’molçining buzilgan huquqlarini tiklaş yuzasidan amaliy çoralar körildi. Fuqaro E.D. murojaatida 2026-yil 29-sentabr kuni Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida joylaşgan “BYD” avtosalonidan avtomobil xarid qilganini bildirgan. Biroq xarid qilingan avtomobil foydalanişga yaroqsiz bölib çiqqan. Şunga qaramay, avtomobil uçun tölangan mablağ uzoq vaqt davomida iste’molçiga qaytarilmagan. Uşbu holat fuqaroda haqli e’tiroz va norozilikni keltirib çiqargan.
Murojaatni örganiş jarayonida iste’molçining vajlari va mavjud holatlar e’tiborga olinib, masalani ijobiy hal etiş hamda fuqaroning qonuniy manfaatlarini ta’minlaş böyiça tegişli işlar olib borildi. Olib borilgan örganişlar va amaliy çoralar özining ijobiy samarasini berdi. Natijada fuqaro tomonidan avtomobil uçun tölangan 122 million 900 ming söm mablağning töliq qaytarilişiga erişildi. Şu tariqa, iste’molçining murojaati ijobiy hal etilib, uning moddiy manfaatlari tiklandi.
Ta’kidlaş joizki, iste’molçi sifatida har bir fuqaro sifatli va xavfsiz mahsulotdan foydalaniş, şartnoma şartlariga rioya etilişini talab qiliş hamda huquqlari buzilgan taqdirda ularni qonuniy tartibda himoya qiliş huquqiga ega.
Federatsiya va uning hududiy jamiyatlari tomonidan olib borilayotgan bu kabi amaliy işlar iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş tizimining naqadar muhim ekanini yana bir bor namoyon etadi. Zero, har bir ijobiy hal etilgan murojaat — bu nafaqat qaytarilgan mablağ, balki tiklangan işonç, ta’minlangan adolat va himoya qilingan inson manfaatidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening