Выберите язык

Xarid qilingan texnika kafolat ostida bo‘lsa-da, ayrim hollarda iste’molchilar servis xizmatidan asossiz ravishda rad javobini olishmoqda. Bunday vaziyatda esa qonun iste’molchi tomonida turadi.

Andijon shahri, “Haqiqat” ko‘chasida yashovchi fuqaro Sh.G‘aniyeva shahardagi “O‘zbegim” savdo markazida joylashgan “Idea” savdo do‘konidan noutbuk xarid qilgan. Ammo foydalanishning dastlabki oyidayoq qurilmada texnik nosozlik yuzaga kelgan.

Fuqaro kafolat muddati amal qilayotgan bo‘lishiga qaramay, servis markaziga murojaat qilganida unga kafolatli xizmat ko‘rsatish rad etilgan. Shundan so‘ng u O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qoldirdi.

Murojaat Andijon shahar jamiyati mutaxassislari tomonidan qonunchilik talablari asosida o‘rganildi. Xizmat ko’rsatuvchi tashkilot hamda mas’ul servis markazi bilan olib borilgan muzokaralar va tushuntirish ishlari natijasida servis markazi o‘z majburiyatini bajardi. Noutbuk kafolat shartlariga muvofiq texnik ko‘rikdan o‘tkazilib, mavjud nosozlik bartaraf etildi.

❗️Agar siz ham xarid qilgan mahsulot yoki ko‘rsatilgan xizmat sifati bo‘yicha muammoga duch kelsangiz, sukut saqlamang. Qonuniy huquqlaringizni himoya qilish uchun 1091 “Ishonch telefoni” orqali murojaat qiling. Har bir murojaat e’tibor bilan o‘rganiladi va qonun doirasida ko‘rib chiqiladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening