Выберите язык

Kattaqo‘rg‘on tuman Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini taʼminlash hamda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish maqsadida savdo obʼyektlarida monitoring tadbirlari oʼtkazildi.

Monitoring davomida mahsulotlarning ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddatlari, saqlash sharoitlari, markirovkasi hamda isteʼmolchilar uchun taqdim etilayotgan axborotlarning qonunchilik talablariga muvofiqligi o‘rganildi.
Tekshiruvlar jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tadbirkorlarga tegishli tushuntirishlar berilib, ularni bartaraf etish boʼyicha tavsiyalar taqdim etildi.

Jamiyat tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, isteʼmolchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʼyicha ishlar izchil davom ettirilmoqda

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening