Выберите язык

Iste'molchi qimmat baholi turmush buyumlarini sotib olishda ularning sifatiga va kafolat muddatiga e'tibor qaratishi zarur. Agar sotib olingan mahsulotda nosozlik chiqqan holda, qonun doirasida o'z huquqlarini himoya qilishga to'liq haqli.

Xorazm viloyatida yashovchi fuqara X.A To'rtko'l tumanidagi "L" do'konidan kir yuvish mashinasini sotib olgan. Biroq ko'p o'tmay kir yuvish mashinasi ishdan chiqqanligi sababli norozilik bildirib murojaat etgan.

Bu muhim masalani hal qilish maqsadida To'rtko'l tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari "L" do'koniga borib, vaziyatni joyida o'rganib chiqdi.

Olib borilgan tadbirlar natijasida kir yuvish mashinasining motori va platasi almashtirilib, to'liq ishlaydigan holatga keltirildi va egasiga yetkazib berildi.

Fuqara X.A o'z navbatida ko'rsatilgan yordam va samaradorlik uchun jamiyat rahbariyatiga va mutaxassislariga o'zining chin yurakdan minnatdorchiligini bildirdi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening