Выберите язык

⚡️ Kitob va Yakkabogʻ tuman jamiyatlari tomonidan tibbiyot muassasalarida jamoatchilik monitoringi olib borildi

💊 Aholiga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatishni taʼminlash, isteʼmolchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

🧑‍⚕ Shu maqsadda davlat tibbiyot muassasalarida tibbiy xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi hamda bemorlar uchun yaratilgan sharoitlarni jamoatchilik nazorati asosida o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

🇺🇿 Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining tegishli buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida, Kitob va Yakkabogʻ tumanlarida tegishli buyruqga asosan shakllantirilgan ishchi guruh tomonidan sog‘liqni saqlash tizimiga qarashli davlat tibbiyot muassasalari (shifoxona, klinika, poliklinikalar) aholiga (iste'molchilarga) ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar, sanitariya gigiyena talablariga rioya qilinishi holatlari  jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganish ishlari olib borilmoqda.

✔️ O'tkazilayotgan tabdirdan ko'zlangan maqsad iste'molchilarga ko‘rsatilayotgan  tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar, sanitariya gigiyena talablariga rioya qilinishi holatlari va davlat tomonidan bu borada berilgan topshiriqlar ijrosini to'liq bajarish bo'yicha keng tushunchalar berishdan iborat.

🏛 Mazkur jamoatchilik monitoringlari tibbiyot muassasalarida xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish hamda fuqarolarning sifatli tibbiy xizmatlardan foydalanish huquqlarini taʼminlashga xizmat qiladi. Bu kabi nazorat tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening