Выберите язык

⚡️Koʻkdala tumanida iste’molchi murojaati bo‘yicha huquqiy himoya ta’minlandi

Qashqadaryo viloyati Koʻkdala tumanida yana bir isteʼmolchi huquqi tiklandi. 

Zoʻm MFY da yashovchi fuqaro Nurmatov Mahmanazar Koʻkdala tumani Mikrokredit bankiga borib 18 241 015 soʻm naqd pulni bir hisob raqamga oʻtkazib berishni soʻrab borgan. Bank xodimi esa adashib boshqa bir hisob raqamga oʻtkazib yuborgan.

Fuqaro boʻlib oʻtgan holatni tushuntirish  maqsadida bank rahbariga murojaat qilib borganida bank rahbari tinglashni ham istamagan. 

Shundan soʻng, isteʼmolchi Koʻkdala tumani isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislariga amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan. 

Murojaat mutaxassislar tomonidan tezkor oʻrganilib, fuqaro aytgan hisob raqamga 18 241 015 soʻm pul miqdorini toʻliqligicha oʻtkazib berildi. 

✅ Asosiy maqsad — har bir fuqaroning iste’molchi sifatidagi qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirishdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening