Выберите язык

    Konimex tumanida iste’molchining nosoz maishiy texnika yuzasidan qilgan murojaati ijobiy hal etildi.
Konimex tumani Guliston MFY, Guliston ko‘chasi 45-uyda yashovchi fuqaro D.N. tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga yozma murojaat bilan murojaat qildi.
🔹 Fuqaro murojaatida 3 million 500 ming so‘mga xarid qilgan muzlatkichi nosoz chiqqani sababli noroziligini bildirgan va ushbu muammoni hal etishda amaliy yordam so‘ragan.
⚖️ Konimex tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat ko‘rib chiqilib, iste’molchining qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.
✅ Natijada fuqaroning nosoz muzlatkichi yangisiga almashtirib berildi.
🤝 Iste’molchi manfaatlarini himoya qilish, murojaatlarni ijobiy hal etish va aholining qonuniy huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar davom etmoqda.
Har bir murojaat — e’tiborda, har bir iste’molchi — himoyada!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening