Выберите язык

   2026-yil 6-oktabr kuni Konimex tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan tayanch guruhlari rahbarlari ishtirokida umumiy hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi.
⚖️ Yig‘ilishda jamiyatning amalga oshirgan ishlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyati, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqish hamda iste’molchilarning huquqiy savodxonligini oshirish yo‘nalishida olib borilgan ishlar yuzasidan hisobot berildi.
🤝 Tadbir davomida tayanch guruhlari rahbarlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusidagi vazifalar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
✅ Shuningdek, yig‘ilishda O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi hisobot konferensiyasida ishtirok etish uchun nomzodlar belgilangan tartibda saylab olindi.
🔹 Yig‘ilish yakunida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish, tayanch guruhlari faoliyatini takomillashtirish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening