Выберите язык

Kosonsoy tuman jamiyati tomonidan 1-sonli texnikumda davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga jamiyatning asosiy faoliyat yo‘nalishlari, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda ekologik madaniyatni oshirish, chiqindilarni to‘g‘ri boshqarish va ulardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, o‘qituvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali hududda chiqindilar bilan bog‘liq mavjud muammolar, aholining bu boradagi fikr-mulohazalari hamda takliflari o‘rganildi.

Davra suhbati davomida ochiq muloqot tashkil etilib, ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab chiqildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening