ELLIKQALA TUMANI – Hozirgi kunda bank kreditlari bilan bog‘liq nizoli vaziyatlar tez-tez uchrab turadi. Jumladan, fuqarolarning o‘zi bilmagan holda yoki aldov yo‘li bilan kreditga "kafil" sifatida kiritilib qolishi – juda yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shunday vaziyatda qolgan fuqarolardan biriga Ellikqala tumani iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan huquqiy yordam ko‘rsatildi.
Voqea qanday boshlandi?
Murojaatchi o‘zi kutilmaganda bank tomonidan kredit qarzdorligini to‘lash bo‘yicha sud buyrug‘i chiqqanligini bilib qolgan. U ushbu kredit shartnomasidan umuman xabardor bo‘lmagan. Bu holat fuqaroni ruhiy va moddiy jihatdan qiyin ahvolga solib qo‘ydi.
Federatsiya yordami va huquqiy maslahat
Murojaatchi Ellikqala tumani iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga kelib, vaziyatni tushuntirdi. Federatsiya mutaxassislari tomonidan unga qonuniy va huquqiy jihatdan o‘zini qanday himoya qilish kerakligi, sudga qanday arizalar tayyorlash kerakligi bo‘yicha to‘liq huquqiy maslahatlar berildi.
Sud qarorining chiqishi: Adolat o‘rniga keldi
Berilgan huquqiy maslahatlar va tayyorlab berilgan hujjatlar asosida, fuqaro sudga murojaat etib, sud buyrug‘iga e'tiroz bildirdi. Beruniy tumanlararo sudining 2026-yil 14-avgust kungi qarori bilan, ushbu kredit shartnomasi bo‘yicha fuqarodan qarz undirish haqidagi sud buyrig'i to'liq bekor qilindi.
Bu voqea – huquqiy savodxonlikning natijasi. Agar fuqaro o‘z huquqini bilib, o‘z vaqtida sudga murojaat etmaganda, u o‘zi olmagan qarzi uchun bank oldida javobgar bo‘lib qolishi mumkin edi.
























