Выберите язык

«Mahalla — dolzarb 40 kun» tadbiri doirasida obodonlashtirish ishlari
«Mahalla — dolzarb 40 kun» tadbiri doirasida Samarqand shahrining Ibn Sino mahalla fuqarolar yig‘ini hududida, 2-sektor — shahar prokurori nazorati ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur tadbirda Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati xodimlari ham faol ishtirok etib, hududni obodonlashtirish, tozalash va sanitariya holatini yaxshilashga qaratilgan ishlarda munosib hissa qo‘shmoqda.
Xususan, mahalla hududidagi umumiy foydalanish joylari tartibga keltirilib, atrof-muhitni yanada obod va ko‘rkam qilish bo‘yicha amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
«Mahalla — dolzarb 40 kun» tadbiri doirasidagi bunday jamoaviy mehnat mahallalarda tozalik va obodlikni ta’minlash, aholi uchun qulay va fayzli muhit yaratish hamda ekologik madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiladi.
Samarqand shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati jamoasi bundan buyon ham hududlarni obodonlashtirish va jamoat ishlarida faol ishtirok etishda davom etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening