Выберите язык

🏫 Maktablarda monitoring ishlari olib borilmoqda
Nurobod tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan hududdagi umumta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim jarayonida iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlarning belgilangan talablarga muvofiqligi yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda.
Monitoring jarayonida maktablarda o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va xavfsizligi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlarning yaroqlilik muddati va saqlash sharoitlari kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shuningdek, o‘quvchilar va ularning ota-onalariga iste’molchilar huquqlari, sifatli va xavfsiz mahsulotlardan foydalanish, shuningdek, o‘z huquq va manfaatlarini himoya qilish tartibi yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Monitoring davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, iste’molchilar huquqlarini ta’minlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
🎯 Asosiy maqsad — o‘quvchilar uchun xavfsiz, sifatli va qulay shart-sharoitlarni ta’minlash hamda iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening