Выберите язык

Shu kunlarda O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Federatsiyasi Farg‘ona viloyatidagi tuman (shahar) jamiyatlari hamda tayanch guruhlari faollarining yig‘ilishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun Marg‘ilon shahrida ham xuddi shunday tadbir o‘tkazilib, unda Federatsiyaning Marg‘ilon shahar jamiyati 2021–2025 yillardagi faoliyati yakunlari, amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Yig‘ilishda viloyat hududiy birlashma hamda Raqobat boshqarmasi mas'ul xodimlari ham ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida Marg‘ilon shahar iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatining hisobot davrida iste'molchilar huquq va manfaatlarini himoya qilish, aholi murojaatlari bilan ishlash, huquqiy targ‘ibot ishlarini olib borish hamda tayanch guruhlari faoliyatini rivojlantirish borasida amalga oshirgan ishlari yuzasidan hisoboti tinglandi.

Hisobotda qayd etilgan ma'lumotlar tayanch guruhlari faollari tomonidan muhokama qilinib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi. Yig‘ilish yakunida jamiyatning hisobot davridagi faoliyati qoniqarli deb topildi.

Shundan so‘ng, kun tartibidagi yana bir muhim masala — Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasining hisobot-saylov konferensiyasiga delegatlar saylash jarayoni amalga oshirildi.

Ta'kidlash joizki, viloyatdagi 19 ta tuman (shahar) jamiyatlarida hisobot-saylov yig‘ilishlari 14 oktyabrga qadar davom etadi. Ularda tizim tashkilotlari xodimlari va tayanch guruhlari faollari ishtirokida hisobotlar muhokama qilinib, viloyat konferensiyasiga delegatlar saylanadi.

Oktyabr oyida Farg‘ona viloyati hududiy birlashmasining, noyabr oyida esa O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati Federatsiyasining hisobot-saylov konferensiyasi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Hisobdorlik, ochiq muloqot va kelgusi vazifalar — tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim qadamdir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening