Выберите язык

Qorako‘l tumanida yashovchi A.U. PlayStation 4 o‘yin qurilmasini “I***N” savdo do‘konidan 6 million so‘mga muddatli to‘lov asosida xarid qilgan. Qurilmada nuqson aniqlangach, fuqaro dastlab masalani sotuvchi bilan hal qilishga uringan. U do‘kondan xarid qilingan qurilma o‘rniga yangisini berishni so‘ragan.

Do‘konga qilgan murojaati samara bermagach, A.U. Qorako‘l tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, qurilmani almashtirishda amaliy yordam so‘radi. Jamiyat xodimlari murojaatni o‘rganib, masalani hal etishga ko‘maklashdi. Natijada xaridorga nuqsonli PlayStation 4 o‘rniga yangi qurilma berildi.

Bunday holatlarda xarid cheki va muddatli to‘lov shartnomasini saqlab qo‘yish muhim. Sotuvchiga yozma murojaat qilish va uning nusxasini saqlash esa almashtirish talabi qachon bildirilganini ko‘rsatishga yordam beradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening