📚 1 oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Hayitova Ra’no Zokirovna O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan ta’sis etilgan «Iste’molchilar huquqi himoyachisi» ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🌿 Ustoz — inson qalbiga ilm va ma’rifat urug‘ini qadab, avlodlar taqdiriga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan sharafli kasb egasidir. Ustozning mehnati bugungi natija bilan emas, balki yillar o‘tib, uning shogirdlari erishgan yutuqlar, jamiyatga qo‘shgan hissasi va ezgu amallari bilan namoyon bo‘ladi.
Zero, ta’lim bor joyda taraqqiyot, tarbiya bor joyda yuksalish bor. Yosh avlodga puxta bilim berish, ularni Vatanga sadoqat, insonparvarlik, halollik va mas’uliyat ruhida tarbiyalash har bir pedagog zimmasiga yuksak mas’uliyat yuklaydi.
Ayniqsa, bugungi kunda yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularda o‘z huquq va manfaatlarini anglash ko‘nikmasini shakllantirish, iste’mol madaniyatini yuksaltirish ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Shu ma’noda, «Iste’molchilar huquqi himoyachisi» ko‘krak nishonining topshirilishi ta’lim sohasidagi fidokorona mehnat, huquqiy madaniyat va ma’rifiy tashabbuslarga bildirilgan yuksak ehtiromdir.
✨ Hayitova Ra’no Zokirovnani ushbu munosib va yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz!
🌸 Ustozga ehtirom — ilmga ehtirom.
Ilmga ehtirom — kelajakka ehtirom!
🌟 MUNOSIB E’TIROF VA YUKSAK EHTIROM
- Информация о материале
- Автор: Navoiy viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 575
























