Выберите язык

Ushbu qutlug‘ kunlarda ehtiyojmand, kam daromadli hamda nogironligi bo‘lgan tumandoshlarimiz holidan xabar olish, ularga ko‘mak va dalda berish ezgu an’anaga aylangan.

Bugun ham ana shunday savobli tashabbus davom ettirildi. Hududgaz ta’minoti Qorako‘l tumani filiali, Tuman obodonlashtirish bo‘limi hamda O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Buxoro viloyati Qorako‘l tuman jamiyati rahbarlari tomonidan bir guruh ehtiyojmand oilalar uchun iftorlik dasturxoni yozildi.

Iftorlik dasturxoni atrofida jam bo‘lgan nuroniylar va oilalar vakillari Ramazon oyining fayzu barakasini his etib, o‘zaro suhbat qurishdi, bir-birlariga ezgu tilaklar bildirishdi. Tashkilotchilar tomonidan oilalarning holidan xabar olinib, ularning muammolari va takliflari tinglandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening