Выберите язык

Bugun internet kundalik hayotning ajralmas qismiga aylangan. Ta’lim olish, masofadan ishlash, axborot izlash va elektron xizmatlardan foydalanishda barqaror internet aloqasi muhim o‘rin tutadi. Shu bois ushbu aloqani ta’minlovchi qurilmani xarid qilgan inson undan sifatli va uzluksiz foydalanishni kutadi. Ammo yangi xarid qilingan texnikada nosozlik aniqlanishi iste’molchi uchun qo‘shimcha tashvish va vaqt yo‘qotishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Fuqaro M.Z. bilan ham shunday holat yuz berdi. U xarid qilgan Wi-Fi qurilmasida nosozlik aniqlangach, undan ko‘zlangan maqsadda foydalanishda muammoga duch kelgan. Masalaga yechim topish va iste’molchi sifatidagi manfaatlarini himoya qilish maqsadida Buxoro tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan jamiyat aralashuvi bilan muammo ijobiy hal etildi. Fuqaro xarid qilgan nosoz Wi-Fi qurilmasi almashtirib berildi. Natijada iste’molchining murojaati amaliy yechim topib, uning manfaatlari ta’minlandi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening