Выберите язык

Fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda kommunal xizmatlar sifatini nazorat qilish maqsadida Oltinko‘l tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaatlar muntazam o‘rganilib, amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Jumladan, Andijon Viloyat I, Oltinko‘l tumani “Katta Oqtepa” MFY “Ozod” ko‘chasi aholisidan maishiy chiqindilar ikki hafta davomida olib chiqib ketilmagani yuzasidan murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida Oltinko‘l tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati hamda “BIO TEX EKO” MCHJ Oltinko‘l tuman filiali mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi. Natijada chiqindilarni olib chiqib ketish ishlari belgilangan muddatlarda amalga oshirilmagani tasdiqlandi.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralar ko‘rilib, hududdagi chiqindilar to‘liq olib chiqib ketildi. Shuningdek, xizmat ko‘rsatilmagan kunlar uchun iste’molchilar foydasiga jami 279 ming so‘m miqdorida qayta hisob-kitob amalga oshirilib, mablag‘ billing tizimidan chiqarildi.

Mazkur murojaatning ijobiy hal etilishi fuqarolarning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda murojaatlar asosida mavjud muammolarni bartaraf etish borasida olib borilayotgan ishlarning amaliy natijasidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening