Выберите язык

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Farg‘ona viloyat hududiy birlashmasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.10.2025 yildagi 667-son qarori bilan tasdiqlangan "Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayinlash, realizasiya qilish hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini nazorat qilishda "sirli mijoz" tadbirlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom" talablari asosida o‘tkaziladigan tadbirlarda hududiy birlashma hamda Raqobat qo‘mitasining viloyat hududiy boshqarmasi hamkorligi masalalarida o‘zaro fikr almashildi.

Ta'kidlash joizki, bu kabi muloqot va fikr almashuvlar “sirli mijoz” tadbirlarini samarali va tizimli tashkil etishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Hamkor tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta'minlash, mas'uliyatli yondashuvni kuchaytirish hamda belgilangan tartib-qoidalarga qat'iy rioya etish orqali dori vositalari va tibbiy xizmatlar bozorida shaffoflikni ta'minlashga xizmat qiladi.

Shuningdek, bunday tadbirlar iste'molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, sohadagi mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etishda samarali vosita sifatida ahamiyat kasb etadi. Kelgusida ham mazkur yo‘nalishda hamkorlikni yanada mustahkamlash, amaliyotdagi ijobiy tajribalarni kengaytirish orqali aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati va xavfsizligini oshirishga erishish maqsad qilingan.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening