Выберите язык

1600-yillarda olimlar muz paydo bo‘lish jarayonini o‘rganishni boshladi. 1755-yilda shotlandiyalik professor Uilyam Kalin kimyoviy moddalar yordamida sun’iy sovutish tajribalarini o‘tkazdi. 1834-yilda Jeykob Perkins birinchi bo‘lib amaliy kompressorli muzlatgich patentini olishi bilan muzlatgichlar inson hayotiga kirib keldi.

Jondor tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro T.M Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati ishonch raqami orqali qilgan murojaatida maishiy texnika do’konidan 8 million so’mga “Samsung” rusumli muzlatgich xarid qilganligi va foydalanish jarayonida nuqsonlar kuzatilganligini bayon etgan. 

Jondor tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan murojaat qonuniyligi bo’yicha o’rganildi. Natijada kafolat muddati doirasida servis tomonidan nuqsonli muzlatgich bepul ta’mirlanib, soz holatda iste’molchiga topshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening