Выберите язык

HISOBOT KONFERENSIYASI BO‘LIB O‘TDI
O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Namangan viloyat hududiy birlashmasining navbatdagi hisobot konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.Tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari, hamkor idoralar vakillari, shuningdek, tuman va shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari mas’ullari hamda soha faollari ishtirok etdi.📊 Konferensiya davomida hududiy birlashma tomonidan 2021–2026-yillarda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot tinglandi.

Iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish borasidagi faoliyat sarhisob qilindi.

🗞 Mazkur konferensiya haqida “Namangan haqiqati” gazetasining 2026-yil navbatdagi sonida maqola e’lon qilindi.
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening