Выберите язык

“Namangan” radiokanalida iste’molchilar huquqlariga bag‘ishlangan eshittirish tashkil etildi

“Namangan” radiokanalida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar hamda onlayn savdoda e’tibor qaratilishi lozim bo‘lgan jihatlarga bag‘ishlangan navbatdagi eshittirish tashkil etildi.

Eshittirishda Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasi axborot xizmati xodimi hamda Uchqo‘rg‘on tumani huquqiy himoya va murojaatlar bilan ishlash inspektori ishtirok etdi.

Mutaxassislar tomonidan aholiga iste’molchilarning asosiy huquqlari, sotuvchi va xizmat ko‘rsatuvchilarning majburiyatlari, shuningdek, iste’molchilarning o‘z majburiyatlari haqida batafsil tushunchalar berildi.
Efir davomida onlayn savdo orqali mahsulot xarid qilishda sotuvchining ishonchliligini tekshirish, to‘lov hujjatlarini saqlab qo‘yish, mahsulot sifati va kafolat muddatiga e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlandi. Shuningdek, shubhali havolalarga kirmaslik, shaxsiy va bank ma’lumotlarini begonalarga bermaslik hamda turli firibgarlik holatlaridan ehtiyot bo‘lish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Eshittirish davomida tinglovchilardan kelib tushgan savollarga mutaxassislar tomonidan huquqiy va amaliy javoblar qaytarildi.
Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy xabardorligini oshirish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, kundalik hayotda uchraydigan muammolarga qonuniy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening