Выберите язык

Namangan viloyatida obodonlashtirish holati bo‘yicha aholi fikri o‘rganildi

Aholi murojaatlari va takliflarini o‘rganish, hududlarda obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish maqsadida Namangan viloyati hududiy birlashmasi hamda tuman va shahar jamiyatlari tomonidan ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazildi.

So‘rovnoma davomida fuqarolarning yashash hududlaridagi obodonlashtirish ishlari, sanitariya holati, chiqindilarni olib chiqish tizimi, ko‘chalar yoritilishi, ichimlik suvi ta’minoti, yashil hududlarni saqlash va boshqa infratuzilmaviy masalalar bo‘yicha fikrlari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida jami 419 nafar fuqaroning fikrlari tahlil qilindi. So‘rovnoma Namangan viloyatining bir qator hududlarini qamrab olib, aholining obodonlashtirish borasidagi qarashlari va mavjud muammolarini aniqlashga xizmat qildi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, fuqarolarning aksariyati hududlar tozaligi va obodonlashtirish holatiga ijobiy baho bergan. Jumladan, hudud tozaligidan mamnunlik darajasi 77,2 foizni tashkil etgani qayd etildi. Ko‘chalarning muntazam tozalanishi bo‘yicha ham aholining ijobiy fikrlari mavjud.

Shuningdek, qabristonlarni saqlash va obodonlashtirish yo‘nalishida ham yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi. So‘rov ishtirokchilari tomonidan qabriston hududlarining tartibli saqlanishi, mas’ul shaxslarning belgilanganligi hamda sanitariya sharoitlari ijobiy baholangan.

Bilan birga, o‘rganish davomida aholining ayrim muammoli masalalari ham aniqlandi. Xususan, chiqindi konteynerlarining yetishmasligi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ko‘cha yoritilishi, ichimlik suvi va oqova suv masalalari fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy yo‘nalishlardan bo‘ldi.

Ochiq savollarda bildirilgan takliflar tahliliga ko‘ra, aholining asosiy e’tibori oqova suv masalasi, chiqindilarni olib chiqish tizimini yaxshilash, ko‘cha yoritilishini ta’minlash hamda yo‘llarni tartibga keltirish masalalariga qaratilgan.

O‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovnoma natijalari hududlardagi mavjud holatni baholash, aholi fikri va takliflari asosida kelgusidagi obodonlashtirish ishlarini yanada samarali tashkil etish uchun muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.

Namangan viloyati hududiy birlashmasi tomonidan fuqarolarning fikr va takliflarini o‘rganish, iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening