NAMANGAN VILOYATIDA TA’LIM MUASSASALARIDA JAMOATÇILIK MONITORINGI ÖTKAZILMOQDA
🔰 Özbekiston iste’molçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi raisining 2026-yil 21-sentabrdagi 03-01/153-sonli «Jamoatçilik monitoringi (kuzatuv-örganişlar)ni ötkaziş töğrisida»gi buyruği ijrosini ta’minlaş maqsadida Federatsiyaning Namangan viloyati hududiy birlaşmasi tomonidan viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari, akademik litseylar, kollej va texnikumlarda jamoatçilik monitoringi olib borilmoqda.
♻️ «Ta’limdagi islohotlar — jamoatçilik nigohida» mavzusida taşkil etilayotgan mazkur monitoringlar ta’lim muassasalarida talaba va öquvçilarning iste’molçi sifatidagi huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, ularga körsatilayotgan ta’lim, ijtimoiy-maişiy va madaniy xizmatlar sifatini örganiş, şuningdek, mavjud muammolarni aniqlaş va ularning yeçimi yuzasidan amaliy takliflar işlab çiqişga qaratilgan.
♻️ Jamoatçilik monitoringi davomida ta’lim muassasalarida talaba va öquvçilar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, ta’lim xizmatlarining sifati, oçiqlik va şaffoflik tamoyillariga rioya etilişi, şuningdek, öquv jarayoni va unga boğliq xizmatlarni taşkil etiş holatiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
♻️ Monitoring jarayonida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, öquv xonalari va ijtimoiy-maişiy obyektlaridagi şaroitlar, şuningdek, nogironligi bölgan şaxslar uçun yaratilgan qulayliklar ham e’tibor markazida bölmoqda. Bu borada talaba va öquvçilarning fikr-mulohazalarini örganiş, ularni qiynayotgan masalalarni aniqlaş hamda ta’lim muassasalari mas’ullari bilan bevosita muloqot qilişga muhim ahamiyat berilmoqda.
♻️ Mazkur kuzatuv-örganişlar natijasida aniqlangan muammo va kamçiliklarni bartaraf etiş, ta’lim xizmatlari sifatini yanada yaxşilaş, iste’molçilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş yuzasidan tegışli taklif va tavsiyalar işlab çiqilişi közda tutilgan.
NAMANGAN VILOYATIDA TA’LIM MUASSASALARIDA JAMOATÇILIK MONITORINGI ÖTKAZILMOQDA
- Информация о материале
- Автор: Namangan viloyati matbuot xizmati
- Категория: Yangiliklar
- Просмотров: 36
























