Выберите язык

NAMANGAN VILOYATINING BIR QATOR HUDUDLARIDA TAYANCH GURUH FAOLLARI YIG‘ILISHLARI O‘TKAZILDI

Namangan viloyatining Davlatobod, Uchqo‘rg‘on, Namangan, Kosonsoy tumanlaridagi iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlarida tayanch guruh faollari ishtirokida navbatdagi yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishlarda jamiyatlarning hududlardagi faoliyati, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda aholi orasida iste’mol madaniyatini yuksaltirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Tadbirlar davomida tayanch guruh faollarining joylarda aholi bilan bevosita ishlashi, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, iste’molchilarga huquqiy maslahat va amaliy ko‘mak ko‘rsatishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, kelgusida murojaatlar bilan ishlashni yanada tizimli yo‘lga qo‘yish, targ‘ibot va tushuntirish tadbirlarini ko‘paytirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilishlar samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tdi. Faol ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashib, hududlarda iste’molchilar bilan ishlash samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarini ilgari surdilar.
Tadbirlar yakunida jamiyatlar faoliyatiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tayanch guruh faollari hamda tashrif buyurgan mehmonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Yig‘ilishlarda belgilangan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirish, aholi bilan yaqin muloqotni davom ettirish hamda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha kelishib olindi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening