Выберите язык

Namanganda 1  milliard so'm mablag' iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilindi.

Namangan viloyati hududiy birlashmasi hamda Mingbuloq tumani iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan aholi murojaatlari asosida kommunal xizmatlar sohasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar jarayonida qish mavsumida ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun hisoblangan to‘lovlar mavjudligi aniqlandi. Mazkur holatlar mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilib, masala ijobiy hal etildi.

Xususan, Mingbuloq tumanidagi 11 253 nafar abonent bo‘yicha hisoblangan 1 mlrd 57 mln so‘mdan ortiq noreal qarzdorlikni aholidan undirish bekor qilindi.
Shuningdek, boshqa hududlarda ham o‘rganishlar olib borilib, aholi manfaatlarini himoya qilish, asossiz hisob-kitoblarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Bu kabi ishlar fuqarolarning murojaatlari asosida, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgani e’tiborlidir.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening