Выберите язык

NAMANGANDA SOG‘LIQNI SAQLASH SOHASIDA JAMOATCHILIK ESHITUVI O‘TKAZILDI

Bugun Namangan viloyatida nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) tashabbusi bilan viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abrorjon Alijonov ishtirokida jamoatchilik eshituvi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
Mazkur jamoatchilik eshituvida Namangan viloyati iste’molchilar huquqlarini himoya qilish hududiy birlashmasining Monitoring va axborot-tahlil sho‘ba boshlig`i ham ishtirok etdi.
Muloqot davomida birlashmaga iste’molchilardan kelib tushayotgan murojaatlar, o‘tkazilgan monitoringlar jarayonida aniqlangan muammo va kamchiliklar, shuningdek, fuqarolarni tibbiy xizmatlardan foydalanuvchi iste’molchi sifatida qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish, iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishda hamkorlikni kuchaytirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Abrorjon Alijonov bildirilgan fikr va takliflar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi.

Bunday ochiq muloqotlar aholining tibbiy xizmatlardan foydalanishdagi huquqlarini ta’minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va mavjud muammolarga hamkorlikda yechim topishda muhim ahamiyat kasb etadi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening