Выберите язык

   2026-yil 4-yanvar kuni Navbahor tumanida tashkil etilgan oziq-ovqat yarmarkasi Navbahor tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan o‘rganib chiqildi. Jamoatchilik nazorati tartibida o‘tkazilgan kuzatuvlar davomida aholiga taklif etilayotgan mahsulotlarning sifati, saqlash sharoitlari hamda sanitariya talablariga rioya etilishi alohida e’tiborga olindi.     O‘rganish jarayonida ayrim savdo nuqtalarida sifatsiz hamda belgilangan talablarga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlari aniqlanib, ularni zudlik bilan savdodan olib tashlash choralari ko‘rildi. Mas’ul tashkilotlar vakillari tomonidan sotuvchilarga tegishli tushuntirish ishlari olib borilib, kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik yuzasidan ogohlantirildi.  Mazkur nazorat tadbiri iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, ularning sog‘lig‘ini asrash hamda bozorlarda sifatli va xavfsiz mahsulotlar savdosini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening