Выберите язык

    2026-yil 4-iyul kuni Oʻzbekiston Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Navoiy viloyat hududiy birlashmasi hamda Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi hamkorligida tasdiqlangan reja asosida hududlarda jamoat nazorati tadbirlari oʻtkazilmoqda.
“Sifat nazorati” tahliliy va tanqidiy loyihasi doirasida isteʼmolchilarga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, mahsulotlarning saqlanish sharoitlari hamda isteʼmolchilar huquqlarining taʼminlanish holati oʻrganildi.
   Nazorat tadbirlarining 1-qismi Navoiy shahrida oʻtkazilib, unda umumiy ovqatlanish va xizmat koʻrsatish obyektlari faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida tahlil qilindi. Oʻrganishlar davomida mavjud holatlar xolis baholanib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularni bartaraf etish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borildi.
    Mazkur jamoat nazorati tadbirlaridan koʻzlangan asosiy maqsad isteʼmolchilarga sifatli va xavfsiz xizmatlar koʻrsatilishini taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda xizmat koʻrsatish madaniyatini yanada yuksaltirishdan iborat.
“Sifat nazorati” loyihasi doirasidagi jamoat nazorati tadbirlari hududlarda izchil davom ettiriladi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening