⚡️ Nishon tumanida iste'molchi tomonidan chiqindi bo'yicha kelib tushgan murojaat adolatli yakun topdi
♻️ Fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar qonunchilik asosida oʻrganilib, ularning qonuniy manfaatlarini tiklashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Ana shunday murojaatlardan Nishon tumanida yashovchi fuqaro Ch. N. chiqindi xizmatlari bo'yicha uchun asossiz deb hisoblangan noreal qarzdorlik yuzasidan murojaat kelib tushdi.
📍 Qashqadaro viloyati
📄 Murojaatda bayon etilishicha , chiqindi masalasi bo'yicha noreal qarzdorlik borligini aniqlagan. Qarzdorlik bo'yicha tashkilot xodimlariga murojaat qilib borganida soha xodimlari iste'molchiga bepisandlik qilib tinglashni ham istamagan.
📑 Bo'lib o'tgan voqealikdan ko'ngli to'lmagan fuqaro Nishon tumani iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga amaliy yordam so'rab murojaat qilgan.
🏢 Tuman jamiyat xodimlari tomonidan murojaat qonun doirasida o'rganilib, fuqaroning murojaati asosli ekanligi aniqlandi va chiqindidan aniqlangan 823 760 so'm bo'lgan noreal qarzdorlik bartaraf etilidi.
✅ Qarzdorlikni bartaraf etish uchun ortiqcha to'langan 267 000 so'm iste'molchi foydasiga hal etildi.
⚖️ Bu kabi holatlar isteʼmolchilarning murojaatlari o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi va qonunchilik talablariga muvofiq hal etilishi muhim ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi. Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati bundan buyon ham fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning murojaatlariga tezkor va adolatli yechim topish yo‘lida o‘z faoliyatini izchil davom ettiradi.
























