Выберите язык

       2026 yil 17-aprel kuni Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan NKMK Jamg‘armasi davlat muassasasi rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad — tashkilotlar o‘rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda Federatsiya a’zoligiga qabul qilish masalalarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Uchrashuv davomida tomonlar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashdilar. Shuningdek, Federatsiya a’zoligining afzalliklari, uning faoliyat yo‘nalishlari hamda a’zolik tartiblari haqida batafsil ma’lumot berildi.

     Tadbir yakunida NKMK Jamg‘armasi vakillari bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, istiqboldagi rejalarni belgilab olish hamda Federatsiya a’zoligiga qabul qilish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.    Mazkur uchrashuv kelgusida iste’molchilar huquqlarini yanada samarali himoya qilish, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening