Выберите язык

    STE’MOLCHI MUAMMOSI IJOBIY HAL ETILDI
2026-yil 8-sentabr kuni O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasining 1091 raqamli “Ishonch telefoni”ga Xatirchi tumanida yashovchi fuqaro D. V. murojaat qildi.
🔹 Murojaatda fuqaro Navoiy shahrida joylashgan savdo do‘konidan 700 000 so‘mga avtomashina akkumulyatori xarid qilgani, biroq xariddan so‘ng akkumulyator nosoz ekanligi aniqlangani haqida ma’lum qilgan.
⚖️ Mazkur murojaat Navoiy shahar Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan belgilangan tartibda o‘rganib chiqildi.
✅ O‘rganishlar natijasida iste’molchining murojaati ijobiy hal etilib, nosoz akkumulyator yangisiga almashtirib berildi.
🤝 Ushbu holat iste’molchilarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilishda murojaatlarning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi muhim ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi.
📞 Iste’molchi huquqlaringiz buzilgan taqdirda, 1091 raqamli “Ishonch telefoni”ga murojaat qilishingiz mumkin.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening