Выберите язык

Nosoz konditsioner soz holatga keltirildi

Namangan shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro “Immer” rusumli konditsioner xarid qilgan. Konditsioner o‘rnatilgach, umuman ishlamagan va displeyda “P9” xatoligi chiqqan.

Mazkur holat yuzasidan amaliy yordam so‘ralgach, Namangan shahar iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan masala o‘rganildi.
O‘rganish davomida tegishli servis kompaniyalari bilan bog‘lanilib, konditsionerning ichki plata ehtiyot qismi kuyganligi aniqlandi.

Olib borilgan ishlar natijasida Toshkent shahridagi markaziy servis xizmatiga talabnoma yuborilib, qiymati 2 300 000 so‘m bo‘lgan yangi plata ehtiyot qismi olib kelindi va servis xizmati xodimlari tomonidan konditsionerga bepul o‘rnatib berildi.

Natijada fuqaroning muammosi ijobiy hal etilib, konditsioner soz holatga keltirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening