Выберите язык

Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida xalq manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida va amaliy yechim bilan hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Ana shunday murojaatlardan biri Marhamat tumanida ijobiy yakun topdi.

Marhamat tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga “Gargar” MFYda yashovchi fuqaro A. T. tomonidan xarid qilingan muzlatgichning nosozligi yuzasidan murojaat qilindi. Murojaatchi 2026-yil 7-avgust kuni tumandagi «Imkon» savdo do‘konidan 3 800 000 so‘mga “Volna” rusumli muzlatgich xarid qilgan. Foydalanish jarayonida uning yetarli darajada sovutmayotgani aniqlanib, bu haqda savdo do‘koni mas’ullariga murojaat qilingan bo‘lsa-da, masala ijobiy hal etilmagach, iste’molchi huquqlarini himoya qilish jamiyatidan amaliy yordam so‘ragan.

Murojaatni o‘rganish jarayonida sotuvchiga amaldagi qonunchilik talablari, iste’molchining huquqlari va sotuvchining majburiyatlari yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi. Natijada iste’molchining qonuniy talabi qondirilib, nosozligi sababli qaytarilgan muzlatgich servis markaziga topshirildi hamda tadbirkor tomonidan xuddi shu rusumdagi yangi muzlatgichga almashtirib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening