Выберите язык

Insoniyat ilk marotaba simsiz to’lqinli uzatmalar apparati - ibtidoiy ko’rinishda mobil telefon yaratgan davrda kuni kelib ushbu qurilma insonning eng zarur vositasiga aylanishini tasavvur qilmagan bo’lsa kerak. Bugun “mobil va sensor dastyor” qurilmalarda ham nosozliklar kuzatilishi mumkin.

G’ijduvon tumanida yashovchi fuqaro M.Sh “AT market” do’koni orqali 1 720 000 so’m evaziga smartfon xarid qilgan. Ammo qator nosozliklar kuzatilgach, smartfonni tuzatish uchun kafolat servisga yuborgan.

Oradan ancha vaqt o’tib, telefon ta’mirlab berilmagach, iste’molchi amaliy yordam so’rab G’ijduvon tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qoldiradi. Jamiyat xodimlari sa’y-harakatlari tufayli murojaat ijobiy o’rganilib, iste’molchiga yangi smartfon topshirildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening