Выберите язык

NUQSONLI MUZLATGICH

Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga To‘raqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqarodan yozma murojaat bilan chiqdi.

Murojaatda qayd etilishicha, iste’molchi Mingbuloq tuman dehqon bozorida joylashgan savdo do‘konidan 5 500 000 so‘m bo‘lgan muzlatgich xarid qilgan.

Biroq mahsulot xonadonga olib borilib, foydalanish jarayonida uning nuqsonli ekani hamda yetarli darajada sovutmasligi aniqlangan. Shundan so‘ng iste’molchi muzlatgichni savdo do‘koniga qaytarib olib borgan.

Ammo sotuvchi turli bahonalarni vaj qilib, mahsulotni qaytarib olmasligini va to‘langan mablag‘ni qaytarmasligini bildirgan.
Mazkur holat yuzasidan iste’molchi Mingbuloq tuman iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatiga murojaat qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Murojaat jamiyat mutaxassislari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqilib, holat joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Sotuvchiga amaldagi qonunchilikda belgilangan talab va majburiyatlar tushuntirildi.

✅ Natijada iste’molchining qonuniy talabi qanoatlantirilib, nuqsonli muzlatgich uchun to‘langan 5 500 000 so‘m mablag‘ to‘liq hajmda qaytarib berildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening