Выберите язык

Amudaryo tumanida yashovchi R.I. Nukus shahridagi «I» do‘konidan 8 799 000 so‘mga noutbuk sotib oladi. Biroq oradan 2 kun o‘tmayoq, noutbukning platasi qizib, USB portlari ishlamay, o‘z-o‘zidan o‘chib-yona boshlaydi. Servis markazi noutbukda zavod nuqsoni borligini tasdiqlaydi.

⚖️ Masala qanday hal etildi?
Iste’molchi «Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida»gi qonunning 13-moddasiga tayangan holda, Federatsiyaning Telegram boti orqali murojaat yo‘llaydi.

Nukus shahar jamiyat inspektorlarining sa’y-harakatlari hamda do‘kon rahbarlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, qonun talablariga muvofiq 8 799 000 so‘m pul mablag‘i iste’molchining plastik kartasiga to‘liq QAYTARIB BERILDI.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening