Выберите язык

Toʻrtkoʻl tumanida yashovchi fuqaro "I" doʻkonidan 12 192 000 soʻmga yangi LG Smart televizorini muddatli toʻlov asosida sotib oldi. Biroq, quvonchi uzoqqa choʻzilmadi: 2 kundan keyin televizor ekrani koʻrsatmay qoldi.

Doʻkon xodimlari ekranda zavod defekti borligini aniqlashdi. Biroq ular qoʻshimcha qismlarni Qozogʻistondan olib kelish uchun 15-20 kun kutish kerakligini aytishgan. 12 million soʻm toʻlagan iste’molchi yangi texnikaning buzilib, yana shuncha kun kutilishiga rozi boʻlmagan.

Iste’molchi darhol Toʻrtkoʻl tumani Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga boʻlib oʻtgan vaziyatdan norozi boʻlib, shartnomaning bekor qilinishida amaliy yordam berishini soʻrab murojaat qiladi.
Jamiyat tomonidan qonun talablari tushuntirilgach, doʻkon oʻz xatosini tan oldi va fuqaro hamda doʻkon oʻrtasidagi №5921-sonli shartnoma toʻliq bekor qilinishiga erishildi.

💡 Yodingizda tuting: Sifatsiz tovar sotib olsangiz, qonun boʻyicha shartnomani bekor qilib, pulingizni qaytarib olishga toʻla huquqlisiz!

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening