Выберите язык

   2026-yil 30-iyun kuni Navoiy viloyati teleradiokompaniyasining "Assalom, Yangi kun" ertalabki jonli efirida Navbahor tumani Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish jamiyati raisi Fotima Ziyayeva ishtirok etdi.
  Suhbat davomida yoz mavsumida iste'molchilar xavfsizligini ta'minlashga oid dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jumladan, yaxna ichimliklarni iste'mol qilishda ehtiyot choralariga rioya etish, oziq-ovqat mahsulotlarining yaroqlilik muddatiga alohida e'tibor qaratish hamda muddati o'tgan yoki aynigan mahsulotlarni iste'mol qilish inson salomatligiga jiddiy salbiy ta'sir ko'rsatishi haqida batafsil ma'lumot berildi.
   Shuningdek, fuqarolarga oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilishda ularning saqlanish sharoiti, ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati, qadoqlanish holatini sinchiklab tekshirish tavsiya etildi. Ta'kidlanganidek, iste'molchilar o'z huquqlarini yaxshi bilishlari va sifatsiz mahsulotlarga duch kelgan taqdirda belgilangan tartibda murojaat qilishlari muhim ahamiyat kasb etadi.
Mazkur jonli efir orqali tomoshabinlarga mavsumiy iste'mol madaniyati, oziq-ovqat xavfsizligi hamda iste'molchilar huquqlarini himoya qilish bo'yicha foydali tavsiya va tushuntirishlar yetkazildi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening