Выберите язык

       2026 yil 30 mart kuni Karmana tumanida joylashgan 5-DMMTda Karmana tuman Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati mutaxassislari tomonidan onlayn savdo masalalariga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

      Tadbir davomida fuqarolarga onlayn xaridlarni amalga oshirishda ehtiyotkor bo‘lish, ishonchli savdo platformalaridan foydalanish, mahsulot va sotuvchi haqidagi ma’lumotlarni sinchiklab o‘rganish zarurligi tushuntirildi. Shuningdek, to‘lovlarni amalga oshirishda plastik karta ma’lumotlarini begona shaxslarga bermaslik, firibgarlik holatlariga duch kelmaslik uchun zamonaviy xavfsizlik choralariga amal qilish lozimligi ta’kidlandi.

      Mutaxassislar tomonidan iste’molchilarning huquqlari, ularni himoya qilish mexanizmlari hamda yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarda qayerga murojaat qilish kerakligi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

      Mazkur tadbir aholining huquqiy savodxonligini oshirish, ayniqsa onlayn savdo jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni oldini olishga xizmat qiladi. Ogohlik va ehtiyotkorlik bugungi kunda har bir iste’molchi uchun muhim talabga aylanib bormoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening