Выберите язык

O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi tomonidan iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini o‘rganish hamda mavjud muammolarni aniqlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.
 Ishchi guruh a’zolari tomonidan tegishli buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Olmazor tumanida joylashgan maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ijtimoiy so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomalar davomida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, ota-onalarning fikr-mulohazalari, takliflari va mavjud muammolarni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu orqali ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish jarayonida iste’molchilarning manfaatlari qay darajada ta’minlanayotgani yuzasidan tegishli ma’lumotlar to‘planmoqda.
O‘tkazilayotgan ijtimoiy so‘rovnomalar aholining fikrini o‘rganish, xizmatlar sifatini tahlil qilish hamda iste’molchilarning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni takomillashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Federatsiya tizimida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, murojaat va takliflarni o‘rganish hamda xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening