Выберите язык

Buxoro viloyatining Olot tumanidagi savdo komplekslari va do‘konlarda oziq-ovqat mahsulotlari sifati yuzasidan jamoatchilik monitoringi olib borilmoqda. Bundan maqsad savdo joylaridagi holatni o‘rganish va iste’molchilarning sifatli hamda xavfsiz mahsulot xarid qilishiga ko‘maklashishdir.

Mahsulotning yaroqlilik muddati, qadoq butunligi va saqlash sharoiti monitoringda e’tibor qaratiladigan asosiy jihatlardir. Ayniqsa, sut va go‘sht mahsulotlari kabi tez buziladigan oziq-ovqatlarni qadoqda ko‘rsatilgan haroratda saqlash muhim. Yorliqdagi ishlab chiqarilgan sana, tarkib va saqlash shartlari esa xaridorga mahsulot haqida ma’lumot olib, ongli tanlov qilish imkonini beradi.

Xaridorlarga mahsulotni sotib olishdan avval uning yaroqlilik muddatini tekshirish, qadoq shikastlangan bo‘lsa, xariddan tiyilish hamda savdo chekini saqlab qo‘yish tavsiya etiladi. Mahsulot sifati bilan bog‘liq muammo yuzaga kelganda, chek xarid qilingan joy va sanani tasdiqlashga yordam beradi.

“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening
“Sunʼiy idrok davrida axborot xizmati trendlari va yangi ko‘nikmalar” mavzusida
ikki kunlik seminar-trening